
Navro‘z bayramida faqat 5 kunlik ish haftasidagilar ketma-ket 5 kun dam olishadi. Haftasiga 6 kun ishlaydiganlarga esa ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.
Izoh:
«2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga asosan 22-23 mart kunlari ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.
Shunga ko‘ra, Navro‘z bayrami munosabati bilan:
- 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun;
- 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 4 kun dam olishadi.
Bunda quyidagicha bo‘ladi:
19 mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
20 mart, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
21 mart, dushanba — Navro‘z bayrami, barchaga dam olish kuni;
22 mart, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
23 mart, chorshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar