
Shavkat Mirziyoev raisligida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Yigʻilishda prezident mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlarni qayd etdi.
«Soʻnggi besh yilda qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarimiz samarasini berib, Cotton Campaign kuni kecha Oʻzbekistonni qora roʻyxatidan chiqardi. Bu ham biz uchun juda katta imkoniyat, yangi bozorlar degani.
Buning hisobiga iste'mol mahsulotlarining xom ashyosini olib kelib, ularni qayta ishlash orqali qoʻshimcha 1,5 milliard dollarlik mahsulotni bemalol eksport qilsa boʻladi», — dedi davlat rahbari.
Shu bois xom ashyoni olib kelib, tayyor mahsulot chiqargan va uni chetga sotadigan (bojxona hududida qayta ishlovchi) korxonalarga apreldan boshlab:
- eksportchilar uchun berilayotgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi;
- loyihalari doirasida texnik-iqtisodiy asos, mahsulot sertifikati, bojxona toʻlovlari ta'minoti talab etilmaydi;
- ruxsatnoma berish muddati 3 barobar qisqaradi, 1 yil davomida ishlab kelayotganlariga ruxsatnoma har bir kontraktiga emas, balki korxona faoliyatiga beriladi;
- olib kelgan dastgohlari uchun bojxona bojlari undirilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, 2022 yil 10 mart kuni Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi Oʻzbekiston paxtasiga e'lon qilingan global boykotni bekor qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar