«O‘zgidromet» 14 mart, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro viloyatida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 15-20 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 15-20 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda mart oyi boshlaridan buyon yomg‘irli ob-havo davom etmoqda. Yog‘ingarchilikdan hosil bo‘lgan suv oqimi Qamchiq va Taxtaqoracha dovonlarida avtomobil yo‘lining bir qismini o‘pirib tushishiga sabab bo‘ldi. Muttasil yog‘ingarchilik sabab Buxoro shahridagi XVI asrga oid «Talipoch qal’a darvozasi» chap tomonidagi qal’a devorining bir qismi o‘pirilib tushdi. Bunday ob-havo Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida madaniy meros ob’ekti hisoblanmish Safed to‘da masjidi devorining bir qismi o‘pirilib tushishiga ham olib keldi.
«O‘zgidromet» bunday ob-havo keyingi haftaning birinchi yarmigacha saqlanib turishini prognoz qilgan. Ayrim viloyatlarda kuchli shamol va momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari