Toshkent shahridagi Humo Arena majmuasida 21 mart kuni Navro‘z bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, barchani bayram bilan tabrikladi, deb xabar beradi davlat rahbarining matbuot xizmati.
Navro‘zda tabiatda ro‘y beradigan uyg‘onish va yangilanish yurtimizdagi o‘zgarishlarga uyg‘un. So‘nggi besh yilda Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalar rivojlantirildi, hududlar qiyofasi yangilandi. Bunday ishlarni davom ettirish maqsadida 2022 yilda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi hamda «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» dasturi qabul qilindi.
«Mehnatkash va olijanob xalqimiz milliy rivojlanishning yangi davriga ulug‘vor maqsad va amaliy ishlar bilan kirib bormoqda», — deydi davlat rahbari.
Ta’kidlanishicha, buning tasdig‘ini har bir oila, har bir mahalla, qishloq va ovullar, shaharlarimiz misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Mamlakatda yuzlab zamonaviy korxonalar, yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlari, uy-joylar, yangi bog‘cha va maktablar, oliygohlar hamda madaniyat maskanlari, tibbiyot va sport inshootlari barpo etilmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Barcha hududlarda «Yangi O‘zbekiston» bog‘lari, «Yangi O‘zbekiston» massivlari bunyod qilinmoqda. «Obod mahalla» va «Obod qishloq» dasturlari qatorida butun mamlakat bo‘ylab «Yashil makon» umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Shu kunlarda odamlar hasharlar qilib, ko‘chat va gullar ekib, yangi bog‘lar, sayilgohlar yaratmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident o‘z tabrigida Navro‘zning mohiyati, mamlakatdagi tinchlik-osoyishtalikning qadri haqida alohida to‘xtalgan.
«Navro‘zi olam bizni tabiat farzandi bo‘lib, vatan tuprog‘ini, ona zamindagi har bir giyohni, ko‘zimizga to‘tiyo qilib yashashga o‘rgatadi. Navro‘z hammamizga insoniylik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik fanidan saboq beradi. Shu fayzli lahzalarda barchamiz tinchlik va osoyishtalik naqadar bebaho ne’mat ekanini, uning qadr-qimmati va ahamiyatini yaxshi anglaymiz. Bugungi murakkab dunyoda xalqimiz hayotini, farzandlarimiz kelajagini, musaffo osmonimizni asrab-avaylash uchun har birimiz mas’ul va javobgar ekanimizni yanada chuqurroq his etamiz», — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident bayramda ishtirok etayotgan diplomatik korpus vakillarini, chet ellardagi vatandoshlarni ham samimiy tabriklagan. Shuningdek, 22 mart kuni nishonlanadigan Mahalla kuni munosabati bilan ushbu tizim faollari, oqsoqollar, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari qutlangan.
Bayram tadbiri katta konsert dasturi bilan davom etgan. Ushbu tantanadan so‘ng, prezident Shavkat Mirziyoyev Navro‘z saylida ishtirok etdi, milliy madaniyat markazlari, folklor-etnografik jamoalar chiqishlarini kuzatgan. Prezident bayramga kelgan odamlar bilan suhbatlashib, ularni tabriklagan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2022 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi. Unga muvofiq, bayramda mamlakatda «Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!» degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayllari shaklida keng nishonlanishi, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda umumxalq sayllari shaklida o‘tkazilishi belgilangandi.
Keyinroq davlat rahbarining «2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, mart oyida haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar uchun besh kun ketma-ket dam olish kunlari bo‘lishi, barcha xodimlar uchun 22 mart, seshanba va 23 mart, chorshanba kunlari dam olish kuni etib belgilangani xabar qilindi.
Shavkat Mirziyoyev1, Navro‘z bayrami1, Humo Arena majmuasi1, Tantanali tadbir1 “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi