17:31 / 21.03.2022
4 101

Yana yomg‘ir va qor yog‘ishi, havo sovib ketishi kutilmoqda

Yana yomg‘ir va qor yog‘ishi, havo sovib ketishi kutilmoqda
O‘zgidromet 23-26 martga ob-havo prognozini taqdim qildi. Unga ko‘ra, yana yomg‘ir, aksar hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 23-24 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25-26 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 mart va 26 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 23 martda kechasi 0-5° sovuq, Ustyurtda 7-10° sovuqgacha, kunduzi 3-8° iliq; 24 martda kechasi 0-5° sovuq, Ustyurtda 9-12° sovuqgacha, kunduzi 7-12° iliq; 25 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 26 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 23 martda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi). 24-25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 mart va 26 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 23 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 24 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, Navoiy viloyatinig shimolida 5° sovuqgacha, kunduzi 7-12° iliq; 25 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 26 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 23 martda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi). 24 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 mart va 26 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 23 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 24 martda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 5-10° iliq; 25 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 26 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 23 martda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi). 24-25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 mart va 26 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 23 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 6-11° iliq; 24 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 25 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 26 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 23 martda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi). 24 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 mart va 26 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 23 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 24 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 25 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 26 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 23-24 martda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 26 martda ba’zi joylarda (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi.

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 23-25 martda kechasi 2-7° sovuq, 23 martda kunduzi 0-5° sovuq, 24-25 marta 5-10° iliqgacha ko‘tariladi, 26 martda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Qarshi ob-havo1, Andijon ob-havo1, Navoiy ob-havo1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yana yomg‘ir va qor yog‘ishi, havo sovib ketishi kutilmoqda