Toshkent shahrida mart oyidagi yog‘inlar tarixiy rekordni yangilashi mumkin, deb yozdi Uzb_Meteo telegram-kanali muallifi, doktorant (PhD) Erkin Abdulahatov.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan asr ham, undan oldingi asrning oxirlarida ham Toshkent shahrida mart oyida yog‘ingarchilik miqdori 184 mm dan oshmagan.
Toshkent shahrida kuzatuvlar 1870 yilda boshlangan. Mana, 152 yildirki, shaharda muntazam, hech qanday uzilishlarsiz, meteorologik kuzatuvlar amalga oshirilmoqda.
Yoshi kattalar juda yaxshi eslashadi, 1968-1969 yillarning qishi O‘zbekistonda juda sovuq va serqor kelgan. Shu bilan birgalikda, 1969 yil mart oyida yog‘inlar ham favqulodda mo‘l bo‘lgan. Bir oy davomida umumiy yog‘in 184 mm ni tashkil etgan. Bu poytaxtda bahor mavsumi boshidagi oy uchun kuzatuvlar tarixidagi eng ko‘p yog‘in ko‘rsatkichidir.
Mart oyida o‘rtacha yog‘ingarchilik oy davomida 70,2 mm ni tashkil etadi. Hozirning o‘zida poytaxtda 168 mm yog‘in yog‘ib bo‘ldi. Bu Toshkentda bir yilda yog‘ishi kerak bo‘lgan yog‘inning 37 foizidir. Oydagi me’yoriy o‘rtacha qiymatning esa 240 foizi.
Yog‘inlar 25 martga o‘tar kechasi, 26 mart va 29 mart kunlari ham yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Ishonchli iqlimi modellari bu davr uchun poytaxtda yana umumiy 16 mm ga yaqin yog‘in yog‘ishini prognoz qilgan. Balki ushbu oy oxirida poytaxtda tarixiy rekord yog‘ingarchilik kuzatilishiga guvoh bo‘larmiz, deb yozdi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”