«O‘zgidromet» havoning keskin isishidan ogohlantirdi

«O‘zgidromet» havoning keskin isishidan ogohlantirdi
Sinoptiklar kelayotgan 5 kunlikda O‘zbekistonda kundan kunga harorat ko‘tarilib borishini ma’lum qilishdi.

Bu kunlari joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, mutaxasislar hatto tog‘larda ham yog‘in bo‘lmasligini prognoz qilishmoqda.

5 va 7 aprel kunduz kunlari Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryoning Turkmaniston bilan chegaradosh hududlarida harorat maksimumlari +35 darajagacha ko‘tariladi.

«O‘zgidromet» aprelning dastlabki dekadasi iliq va quruq bo‘lishini prognoz qilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar