
Foto:Hydromet.uz
«Oʻzgidromet» 19 aprel kuniga qadar kutilayotgan ob-havo prognoz ma'lumotlarini taqdim etdi.
16-17 aprel kunlari Markaziy Osiyo markazida havo haroratining qizishi atmosfera bosimini pasaytiradi. Bu gʻarbdan yuqori bosimli antitsiklon sohasini «tortish» uchun etarli boʻladi.
Hozirgi kirib kelishi kutilayotgan antitsiklon sohasi biroz sovuq soha boʻlib, oʻzi bilan haroratni pasaytiruvchi va osmonda bulutlar hosil qilish uchun etarli nam havo oqimlarini ham ergashtirib keladi, deya yozadi UzbMeteo kanali.
Xususan, nam havo oqimlaridan 15-16 aprel kunlari shimoliy hududlar, 17-18 aprel kunlari markaziy va janubiy hududlar, 19 aprel kuni sharqiy viloyatlarda biroz va oʻrta miqdorda yogʻingarchiliklar kutiladi. Yogʻinlar chaqmoq-momaqadiroqli xususiyatga ega va ayrim hududlarda qisqa muddatli jala yogʻinlar kuzatilishi mumkin.
Joylarga havo oqimlari kirib kelishida kuchli shamollar kuzatiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar