date
views 1 636

Kelasi hafta boshlarida kuchli yomgʻir va doʻl yogʻishi mumkin

Kelasi hafta boshlarida kuchli yomgʻir va doʻl yogʻishi mumkin
18–20 aprel kunlari Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, soʻngra Volga boʻyi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi. Bu haqda «Oʻzgidromet» xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 18–20 aprelda Oʻzbekiston hududi boʻyicha ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, jumladan:
  • 19 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba'zi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi;
  • 19–20 aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba'zi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi;
  • 20 aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba'zi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi;
  • 19–20 aprelda respublikaning ayrim joylarida doʻl yogʻishi mumkin.

Shuningdek, 18–20 aprelda respublika boʻyicha ba'zi joylarda shamol 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi kutilmoqda.

18 aprelda ba'zi joylarda chang-toʻzon boʻlishi kuzatiladi. 19–20 aprelda kunduzgi havo harorati 18-23 darajagacha pasayadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kelasi hafta boshlarida kuchli yomgʻir va doʻl yogʻishi mumkin
-->