O‘tgan yilning o‘zida 39 mingdan oshiq xotin-qiz zo‘ravonlikka uchragan. Shu sabab Senatda xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish yo‘nalishida ishlovchi ishchi guruh tuzildi.
Oliy Majlis Senatida xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi. Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda mutasaddi tashkilotlardan tashqari jamoatchilik faollari ham qatnashdi.
Majlisda xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik va shilqimlik holatlari hali ham uchrab turgani, ularning huquqlarini himoya qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
Raqamlarga ko‘ra, 2021 yilda respublika bo‘yicha jami 39 343 nafar xotin-qiz tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan. Ularning 87,2 foizi (34 330) oilada, 9 foizi (3 557) ko‘chada, 2,3 foizi (917) jamoat joylarida, 1,1 foizi (427) ish joyida ro‘y bergan.
Bundan tashqari, 9861 nafar yoshlar va 378 nafar voyaga yetmaganlar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan.
Ushbu muammolar bilan ishlash maqsadida Senatda Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan nomaqbul harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish masalalarini o‘rganish bo‘yicha Ishchi guruh tuzildi.
Ishchi guruhga huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish, xalqaro tajribani chuqur o‘rganish, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifalari yuklatildi. Bu vazifalar keyinchalik mamlakat parlamenti tomonidan ko‘rib chiqilishi qayd etildi.
Bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlarga nodavlat notijorat tashkilotlar va mustaqil ekspertlar ham hamkorlikka taklif etiladi. Ular [email protected], [email protected] manzillariga murojaat qilishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Ilon Mask Eron elchisi bilan yashirincha uchrashdi