“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa yarim himoyachisi Brayan Kristante bo‘yicha fikrini o‘zgartirdi.
Porutgaliyalik mutaxassis maydon markazidagi futbolchilar faoliyatidan qoniqmayotganini bildirgan edi. Bu pozitsiyalarni kuchaytirish uchun yanvarda “Portu”dan Serjiu Oliveyra va “Arsenal”dan Eynsli Meytlend-Nayls ijaraga olindi. Angliyalik yarim himoyachi Rim klubida ham asosiy tarkibga kira olmadi.
Serjiu Oliveyraning dastlabki harakatlari murabbiylar shtabiga ma’qul keldi va Mourino o‘z hamyurtining transferini to‘liq sotib olish topshirig‘ini berdi.
Biroq, ajoyib o‘yin namoyish qila boshlagan Brayan Kristante Mourinoning tanlovini o‘zgartirdi. Endi bosh murabbiy Brayanni saqlab qolish uchun Oliveyra transferidan voz kechishga qaror qildi.
Kristante joriy mavsumda jami 44 ta o‘yinda qatnashib, uchta gol va ikkita assist qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi