
"Vilyarreal" muxlislari "Liverpul"ga qarshi o‘yinda uchta gol o‘tkazib yuborgan Rulining harakatlaridan mamnun emas. Ispaniyaning “Vilyarreal” klubi Chempionlar ligasi yarim final javob o‘yinining birinchi bo‘limida “Liverpul” darvoazsiga ikki gol urib, sensatsion o‘yin namoyish etdi.
Ammo o‘yinning ikkinchi bo‘limining boshida ispan klubining darvozaboni Xeronimo Ruli xatoga yo‘l qo‘yib, Fabinoning zarbasini o‘tkazib yubordi.
Raqibning ikkinchi golga nishoni ham aynan Rulining oyoqlari orasi bo‘ldi, uchinchi golda esa Sadio Mane epchillik bilan harakat qilib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. "Sariq suv osti kemasi" muxlislarining hafsalasi pir bo‘lganini tushunish mumkin, ular darhol Rulini 2018 yilda Chempionlar ligasi finalidagi xatolari bilan yodda qolgan nemis darvozaboni Loris Karius bilan solishtirishni boshladi.
"Bu Rulimi yoki Kariusmi?", "Ruli, oyog‘ing orasiga to‘r kerak" kabi gap-so‘zlar orqali “Vilyarreal” muxlislarining hafsalasi pir bo‘lganini uqib olish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar