
Foto: Esports
IT Park O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Kibersport Assotsiatsiyasi ko‘magida «Ftag.gg» kibersport portali bilan birgalikda CS:GO va DOTA 2 yo‘nalishlari bo‘yicha SHHTga a’zo-davlatlar talabalari o‘rtasida SCO Students Cup chempionatini o‘tkazadi.
Tadbir SHHT sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi. Toshkentga o‘z mamlakatlarining chempionlari yetib kelishadi va to‘rt kun mobaynida g‘oliblar aniqlanadi. Shu munosabat bilan barcha talabalar O‘zbekistonning ochiq bosqichlari – SCO Students Cup: Uzbekistan Qualification’ga taklif etiladi.
Turnir orqali bo‘lajak xalqaro turnirda O‘zbekiston sharafini kim himoya qilishi ma’lum bo‘ladi. G‘oliblar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan, mukofot jamg‘armasi 200 mln so‘mni tashkil qiluvchi xalqaro turnirning final bosqichiga yo‘l oladi.
O‘zbekistondagi kibersport bo‘yicha eng muhim turnirlardan biriga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: https://frag.gg/tournament/184 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar