Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘yin haqida
- Ehtiroslarga boy o‘yin bo‘ldi. Birinchi taymda vaziyatlar hosil qilib, 1 ta gol urib oldik. Ikkinchi taymda ko‘proq himoyaga va qarshi hujumga tayanib o‘ynadik. "Qizilqum"da 2 ta imkoniyat bo‘ldi, shulardan 1 tasidan foydalandi va darvozamizga to‘p kiritdi.
- "Metallurg" 2019 yildan buyon "Qizilqum"ni mag‘lub eta olmaydi. Bugun tayyor g‘alaba qo‘ldan chiqarildi...
- Bizga ikkinchi gol yetishmadi.
- "Metallurg" har doim ikkinchi raqamli jamoa sifatida harakatlanmoqda. Standartlar ustida alohida ishlanar ekan, ammo qarshi hujumlar maqtanarli emas. Bu borada ish olib boriladimi o‘zi?
- Albatta, mashg‘ulotlar jarayonida himoya va hujumda taktik ishlanmalarni yo‘lga qo‘yish ustida ish olib boramiz. Qarshi hujumlar bo‘yicha ham ishlaymiz, ammo futbolchilarning ijodkorligi va to‘g‘ri qaror qabul qilishida ham gap katta.
- "Metallurg" futbolchilarining jismoniy holatidan qoniqyapsizmi?
- O‘zbek futboliga Ispaniya metodologoyasini olib kirmoqchimiz. Hozirgi kunda mashg‘ulotlarda qattiq mehnat qilyapmiz. Yuklamalardagi muammo jismoniy tarafdan emas, issiq ob-havo tufayli ro‘y bermoqda.
- Asosiy himoyachi Abbos Otaxonov nega maydonga tushirilmadi?
- U mashg‘ulotlar davomida kichik jarohat olgan. Shu bois tavakkal qilmadik va uni keyingi bahslarga saqlab qo‘ydik.
- Oxirgi o‘zgarishdan (90+6-daqiqada Farrux Ibrohimov o‘rniga Hakimxon Alamxonov tushirildi – tahr.) nima maqsad ko‘zlangandi? Chunki o‘yin tugash arafasida futbolchi burchak zarbasiga yordamga borishi qiyin edi...
- Sababi Ibrohimov oxirgi daqiqalarda o‘zini yomon his qildi, uni almashtirmasak bo‘lmasdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi