"Nasaf" bilan Qarshidagi bellashuvdan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi o‘yin xususida fikrlarini bildirdi.
- Assalomu alaykum. Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Qandaydir musobaqadagi final uchun raqib tanlash imkonim bo‘lsa, «Nasaf»ni tanlardim. Chunki ular doim haqiqiy futbol o‘ynaydi. Mana shunday o‘yinlar Superliga darajasini oshiradi. Hakamlik ham yuqori saviyada bo‘ldi.
Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, golli vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo‘lim boshida esa qiyinchiliklarga uchradik. Dastlabki 20 daqiqada o‘z o‘yinimizni qurib olishda qiynaldik. Keyinroq bir nechta vaziyatlar yaratdik. Bu qadar katta o‘yinlarda 4-5 ta vaziyat yetarli bo‘lishi kerak. Aks holda g‘alabaga erisha olmaymiz.
Ikkala jamoa ham OCHLdan qaytishgandi. Yo‘l, qiyin o‘yinlar, iqlimga moslashish ancha qiyin kechdi. Shu jihatdan ikkala tarafda ham charchoq alomatlari sezildi. Bu o‘yin yanada yuqoriroq sur’at va keskinlikda o‘tishi mumkin edi, deb o‘ylayman.
Raqibning pressingi ikkinchi bo‘limda juda ham yuqori edi. Bunday o‘yinlarda orqa chiziqda pas berish juda qiyin. Ammo mana shunday holatda o‘zingni yo‘qotib qo‘ymasliging sening darajangni bildiradi. Bundan tashqari, biz bir qator yosh futbolchilarga imkoniyat berdik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘lim yakunida.
«Paxtakor» bosh murabbiyi sifatida ushbu natijadan qoniqishga haqqim yo‘q. Ammo oxirgi paytlardagi safarlar va umumiy holatdan kelib chiqsam, durangdan qoniqdim.
A’zamovning hakamga e’tiroz bildirgani sababli uch o‘yinga chetlatilgani hayron qolarli. Boshqa bir jamoa darvozaboni jarohatlangan futbolchini maydondan olib chiqayotgan muxlisni tepmoqda, mening yordamchimga zarba berishga harakat qilmoqda va unga faqat moliyaviy jarima qo‘llanildi. Pulini to‘lab, urib, tepib tashlash mumkindek xuddi. Qo‘mitaning o‘zi bizga shunday xabar yo‘llamoqda o‘sha qarori bilan. Kimdir esa e’tirozi uchun uch o‘yinga chetlatilmoqda.
“Paxtakor” matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi