“Barsa” va “Siti” katta rokirovkaga qo‘l urmoqchi

“Barsa” va “Siti” katta rokirovkaga qo‘l urmoqchi
Barselona” va “Manchester Siti” yozda o‘zaro o‘yinchi almashishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi o‘z jamoasida Bernardu Silvani ko‘rmoqchi. Portugaliyalik hujumkor futbolchi chempionatda Xosep Gvardiolaning ishonchini oqlab kelyapti. 27 yoshli o‘yinchi o‘n bitta to‘p kiritib, beshta golli pas oshirdi.

“Shaharliklar” kataloniyaliklar yarim himoyachisi Frenki de Yongga jiddiy qiziqyapti. Gvardiola niderlandiyalik futbolchining muxlisi hisoblanadi va unga aynan Frenki tipidagi markaz o‘yinchisi kerak.

Buni inobatga olgan “Barselona” mutaxassislari manchesterliklarga har ikki o‘yinchini almashtirish taklifini bermoqchi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar