Foto: «Marca»
Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi Erling Holand «Manchester Siti» (Angliya) o‘tishga juda yaqin. «The Telegraph» ingliz nashri xabar berishicha, 21 yoshli norveg futbolchisini keltirish «shaharliklar»ga 250 million yevroga tushadi.
Shu pulning 75 millioni «Borussiya»ga to‘lanadi, 125 millioni futbolchi bilan kelishuv bonusi va besh yillik shartnoma doirasidagi maoshiga ketadi. Qolgan 50 millioni agentlar va Holandning vakillari o‘rtasida taqsimlanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Holand hozir Bryusselda, «Siti»ga o‘tish uchun tibbiy ko‘rikda. Shartnoma rasman kelgusi haftada e’lon qilinishi kutilyapti.
Ma’lumot uchun: Erling Holand — 2020 yilning yanvaridan beri «Borussiya» futbolchisi. «Arilar» futbolkasida jami 88 o‘yin o‘tkazib, 85 ta gol va 23 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi