20:57 / 11.05.2022
796

Milliy Olimpiya qo‘mitasida OFK prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi

Milliy Olimpiya qo‘mitasida OFK prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi
Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa boshchiligidagi OFK delegatsiyasi Milliy Olimpiya qo‘mitasida mehmon bo‘ldi.
Bugun O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar, xususan, joriy yil Toshkent va Qarshi shaharlarida o‘tkaziladigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishish, mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa boshchiligidagi OFK delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi.

OFK prezidentiga tashkilot Bosh kotibi Datuk Seri Vindsor Jon va uning o‘rinbosari Voxid Kardani, shuningdek, bir nechta mas’ul vakillar hamrohlik qilmoqda. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida OFK delegatsiyasini Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov kutib olishdi. Shundan so‘ng rasmiylar MOQga tashrif buyurdilar. Unda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Yig‘ilishda MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov ham ishtirok etdi.

Suhbatda Adham Ikramov OFK rahbarini mamlakatimizda futbol ommaviyligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Siz kabi faxriy mehmonlarni qabul qilish biz uchun sharaf. Mamlakatimiz va OFK o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. Sir emaski, futbol yoshlarimiz orasidagi eng sevimli sport turlaridan. Sportni rivojlantirish vazirligi, MOQ va O‘FA yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish bo‘yicha hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Hozir Assotsiatsiyamizda kuchli jamoa shakllandi. Ular futbol ommaviyligini mahallalardan boshlab tatbiq qilmoqda. Bu seleksiya ishlariga ham yordam beradi. Mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga shaxsan Prezidentimizning o‘zlari e’tibor qaratmoqdalar”, – dedi Sportni rivojlantirish vaziri.

O‘z navbatida, OFK prezidenti ham bu borada olib borilayotgan o‘zgarishlar o‘zining ijobiy samarasini berayotganini ta’kidladi.

Men va jamoamni iliq kutib olganingiz uchun tashakkur bildiramiz. O‘zbekistonga qilgan so‘nggi tashrifim va hozirgi holatni solishtirsak, davlatingizda har tomonlama katta o‘sishni ko‘rish mumkin. Haqiqatdan ham, O‘FAda kuchli jamoa tuzilib, samarali faoliyat olib bormoqda. OFK O‘zbekistonga shunchaki a’zosi emas, o‘zining eng yaqin hamkorlaridan biri sifatida qaraydi. Mamlakatingizda futbolni yanada rivojlantirish yo‘lida mana shunday ishlashda davom etsak, ko‘p natijalarga erishamiz. Buning uchun O‘zbekistonda yaxshi infratuzilma mavjud”, – dedi Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa.

Suhbat davomida Toshkentda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish, mamlakatimizda murabbiylik, hakamlik sohalarida malakali kadrlarni tayyorlash, futbol ommaviyligini oshirish mavzularida fikr almashildi. Uchrashuv yakunida martabali mehmon MOQning Faxriy mehmonlar kitobiga o‘zining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi. Shundan so‘ng Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amalik markazining faoliyati bilan tanishdi.

Manba: olympic.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Milliy Olimpiya qo‘mitasida OFK prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi