
A Seriya 37-turidan o‘rin olgan "Venetsiya" - "Roma" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, ilk daqiqadayoq mezbonlar futbolchisi Okereke hisobni ochdi. 76-daqiqada hamyurtimiz Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, Rim klubi hisobidagi ochkolar soni 60 taga yetdi. Ayni vaqtda ular A Seriya turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. 26 ochkosi bor "Venetsiya" so‘nggi pog‘onani band etgan.
Qayd etish lozim, Eldor uchrashuvning 60-daqiqasida Veretu o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.
Roma – Venetsiya 1:1
Gollar: 0:1 – 1 Okereke, 1:1 – 76 Shomurodov.
Roma – Ruy Patrisiu, Smolling, Kumbula (El-Shaaravi, 46), Rojer, Spinatssola (Zalevski, 46), Meytlend-Naylz (Karsdorp, 46), Veretu (Shomurodov, 60), Kristante, Pellegrini, Abraxam, Karles Peres (Volpato, 83).
Venetsiya – Myayenpyaa, Mateyu (Svoboda, 65), Kaldara, Chekkaroni, Ampadu, Xaps, Vakka (Fordilino, 28), Chrnigoy (Ebuexi, 80), Kiyin, Aramu (Peres, 65), Okereke (Yunsen, 80).
Ogohlantirish: Kiyin (18), Vakka (26), Spinatssola (39), Okereke (61), Pellegrini (68), Ampadu (78), Peres (87).
Chetlatish: Kiyin (32). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar