
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi Milan klubining joriy mavsumdagi chempionlik imkoniyatlari haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- "Sassuolo" klubi "Milan"ni mag‘lub eta oladimi? Bu juda yaxshi jamoa, ularda individual kuchli o‘yinchilar ko‘p.
Tabiiyki, biz ortda qolmoqdamiz, shuning uchun biz g‘alaba qozonishimiz, "Milan" esa mag‘lubiyatga uchrashi kerak. Bu avval ham – men 2000 yilda "Latsio" bilan chempionlikni qo‘lga kiritganimda sodir bo‘lgan. O‘shanda biz ikki ochko ortda edik. "Yuventus" "Peruja"ga yutqazgandi. Demak, bu yana takrorlanishi mumkin, – dedi italiyalik mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar