Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan nufuzli manbalardan biri Calciomercato nashri “Roma” asosiy tarkibida yozgi transferlar vaqtida katta o‘zgarishlar bo‘lishi haqida xabar tarqatdi.
Joze Mourino kelasi mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashishga qasd qilganini aytib ulgurdi. Klub rahbariyatini ham, portugaliyaolik murabbiyni ham Yevropa ligasi, Konferensiyalar ligasi kabi UYEFAning ikkinchi va uchinchi darajali turnirlari qoniqtirmaydi.
Dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri sifatida e’tirof etilgan Mourino Rimga “Roma”ni grand jamoalar qatoriga qo‘shish uchun olib kelingan.
Joze o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun yozda katta transferlar kerakligini ta’kilamoqda. Hozirning o‘zida bu mutaxassis jamoasida Paulo Dibala, Luis Muriel, Nemanya Matich, Riki Puch, Markos Senezi kabi taniqli o‘yinchilarni ko‘rmoqchi va bular bilan cheklanib qolmoqchi emas.
Calciomercato portalining ta’kidlashicha, klub kutilayotgan transferlarga mablag‘ yetkazish uchun tarkidagi bir necha o‘yinchilarni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarga qaraganda, Joze Mourino xayrlashishga tayyor bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatida Jordan Veretu, Karles Peres, Amadu Diavara, Ebrima Darbo, Gonsalo Vilyar va afsuski, Eldor Shomurodovning nomi zikr etilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Joze Mourino taktik sxemani 3-4-2-1 ko‘rinishiga o‘zgartirib, oldinda bir hujumchi va ikki qanot futbolchisidan foydalana boshlaganidan keyin o‘zbek legioneri portugaliyalik mutaxassisga ortiqcha bo‘lib qoldi. Joze aslida markaziy hujumchi bo‘lgan Shomurodovni qanot yarim himoyachisi sifatida o‘ynatmoqda. Bundan tashqari, markaziy forvarddan ortga qaytib, unga himoyada faol o‘ynashni yuklab qo‘ymoqda, xato qilsa kechirmayapti.
Shunga qaramay, Eldor o‘ziga berilgan kam muddat ichida ham jamoaga foyda keltirayotganini ta’kidlash lozim. Bunga "Roma"ning "Venetsiya"ga qarshi o‘tkazgan so‘nggi o‘yinini misol qilish mumkin. Butun jamoa raqib himoyasini yorib o‘tolmagan bir pallada o‘zbek legioneri muhim gol urib, Mourinoni sharmandalikdan, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Aynan Eldorning goli evaziga "Roma" Yevropa ligasi yo‘llanmasga da’vogarlikni davom ettirmoqda.
“Roma” rahbariyati Nikolo Dzanoloni ham qo‘yib yuborishga qarshi emas. Biroq mutasaddilari asosiy yulduzlaridan birini katta summaga sotmoqchi. 40 million yevro miqdoridagi taklif ham ularni qoniqtirmaydi. Mo‘ljal 50 million yevrodan ko‘proq mag‘lani g‘aznaga qo‘shib qo‘yishdan iborat.
Shuningdek, klub sport direktori Tyagu Pinto Feliks Afena-Gyan bo‘yicha ham yaxshi taklif kutmoqda. “Jenoa”ga qarshi o‘yinda ikkita gol urganidan keyin Joze Mourinoning sevimli hujumchisiga aylanib qolgan 18 yoshli futbolchining bora-bora o‘yini pasayib, zaxiraga o‘rindig‘iga qaytdi. Jo‘yali chorlov bo‘lsa, rimliklar uni ham qo‘yib yuboradi.
“Roma”ga kam bo‘lsa-da, kafolatni mablag‘ keltiradigan transferlardan biri himoyachi Alessandro Florensidir. “Milan”da ijara asosida o‘ynayotgan o‘yinchi bu mavsum A Seriya chempioni bo‘lishga juda yaqin turibdi. Milanliklar yozda uni sotib olishga qaror qilgan. Ular o‘yinchi uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan 4,5 million yevroni pasaytirmoqchi. “Roma” esa bunga ko‘nmayapti.
Shuningdek, sotib yuborilishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatida ijarada “Nitssa”da o‘ynayotgan niderlandiyalik hujumkor futbolchi Jastin Klyuyvert va “Aston Villa”ga qo‘shilgan shvetsiyalik darvozabon Robin Olsen bor.
“Roma” yanvarda “Portu”dan Serjiu Oliveyra va “Arsenal”dan Eynsli Meytlend-Naylsni keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olgan edi. Klub xo‘jayinlari bu ikki o‘yinchi bilan hamkorlik qilmaslikni ma’qul ko‘rmoqda. Angliyalik yarim himoyachining Londonga ketishi aniq bo‘lsa, portugaliyalik universal bo‘yicha biroz ikkilanish bo‘lib turibdi.
Xullas, yozgi transferlar vaqtida “Roma” ancha faollik ko‘rsatishi kutilmoqda. Shomurodov masalasi ham ko‘tarilishi mumkin.
Hamyurtimizga “Torino”, “Sevilya”, “Xoffenxaym”, “Leypsig” kabi jamoalar qiziqish bildirgani haqida xabarlar chiqqaniga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q.
Shunday bo‘lsa-da, vaziyat qanday yechim topishini vaqt ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi