12:41 / 17.05.2022
4 957

O‘zbekistonlik bokschi qizlar mamlakat boks tarixida yangi sahifa ochishdi

O‘zbekistonlik bokschi qizlar mamlakat boks tarixida yangi sahifa ochishdi
Turkiyada o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ikki o‘zbekistonlik bokschi kamida bronza medalini naqd qilishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

-50 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Aziza Yoqubova kattalar miqyosidagi dunyo birinchiligida shohsupaga ko‘tariladigan ilk bokschi qiz sifatida tarixda qoladi.

Yoqubova chorak final bahsida italiyalik Jiordana Sorrentinoni mag‘lubiyata uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. Bu sportchi kamida bronza medalini naqd qilib qo‘yganini angladi.

Bundan tashqari, yana bir o‘zbekistonlik bokschi Mohira Abdullayeva +81 kg vazn toifasida chorak final jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, jamoa uchun muhim g‘alabani taqdim qildi. Abdullayeva muhim jangda kongolik raqibasidan ustun keldi.

Shu tariqa, ushbu Jahon chempionatida yarim final yo‘llanmasiga ega chiqqan o‘zbekistonlik bokschilar soni hozircha 2 nafarga yetgan.

Navbahor Hamidova esa (-66 kg) chorak finalda amaldagi jahon va Olimpiada chempioni turkiyalik Busenaz Surmeneli bilan ro‘baro‘ keldi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik bokschi qizlar mamlakat boks tarixida yangi sahifa ochishdi