16:12 / 19.05.2022
1 660

Mourino: MDH tomonlardan yana bir o‘yinchi olmasak bo‘lmaydi!

Mourino: MDH tomonlardan yana bir o‘yinchi olmasak bo‘lmaydi!
Ayni paytda Italiyaning poytaxti Rim shahri sharafini himoya qilayotgan “Roma” tarkibida sobiq ittifoq hududidan yetishib chiqqan ikki o‘yinchi – o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov va armanistonlik Genrix Mxitaryan to‘p tepmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, rimliklar ukrainalik Mixail Mudrikni transferi bo‘yicha ish boshlashga tayyor. “Shaxtyor” tarbiyasini olgan bu vunderkindni shaxsan Joze Mourino o‘z shogirdlari orasida ko‘rmoqchi.

21 yoshli hujumkor futbolchiga “Bayer” ham og‘iz solmoqda. Mudrikning o‘zi Bundesliga jamoasi taklifini qabul qilishga moyil bo‘lsa-da, transfer masalasini hal qilishni “Shaxtyor” mutasaddilariga ishonib topshirgan.

Mixail Mudrik Ukraina klublari uchun muddatidan oldin tugagan mavsumda 19 ta uchrashuvda ikkita gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi. Uning transferi uchun rimliklar 20 million yevro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fransiyada yaxshi o‘yinchilar bo‘ladi

Fransiya chempionatida “Renn” sharafini himoya qilayotgan 28 yoshli Benjamin Burijo “Roma” skautlari nazariga tushdi.

L’Equipe nashrining xabar berishicha, poytaxt klubi sport direktori Tyagu Pinto universal futbolchini “Roma”ga olib kelish harakatlarini boshlab yubordi.

Burijo aslida “Lans” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017 yildan beri “Renn”da to‘p tepyapti. Banjemin bu mavsum kashfiyotlaridan biri bo‘ldi va “Renn” rahbariyati o‘z o‘yinchisining Yevropa klublari e’tiboriga tushganidan foydalanib uni tezroq sotib yubormoqchi.

Fransiyalik yarim himoyachining o‘zi ham muhitni o‘zgartirish maqsadida bir yildan keyin tugaydigan shartnomani yangilamaydigan bo‘ldi.

Maydon markazi va har ikki qanotda o‘ynay oladigan bu o‘yinchi mavsumda 47 ta bellashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini o‘n bir marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 16 ta golli pas uzatdi. Uning transferini 15 million yevro atrofidagi summaga ijobiy hal qilish mumkin.

“Roma” futbolchisi ishonchni oqlamadi

“Roma” yanvar oyida ispaniyalik yarim himoyachi Gonsalo Vilyarni “Xetafe”ga ijaraga berib yuborgandi. Rimliklar ispan klubiga o‘yinchini yozda to‘liq transfer qilish huquqini ham bergan.

Rimda Joze Mourino ishonchini qozona olmagan iste’dodli futbolchi o‘z yurtida ham o‘zini ko‘rsata olmadi. La ligadagi o‘rnini bazo‘r saqlab qolgan “Xetafe” Vilyarni ortga qaytarib yuboradigan bo‘ldi.

Chunki Vilyar yarim mavsum davomida 9 marotaba maydonga tushib, umumiy hisobda atigi 261 daqiqa harakat qildi xolos. Tabiiyki, qimqa vaqt ichida birorta samarali harakatni amalga oshirgani yo‘q.

Endi “Roma” sport direktori Tyagu Pinto yozda ortga qaytadigan Vilyarga yangi ish topib berishi kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino: MDH tomonlardan yana bir o‘yinchi olmasak bo‘lmaydi!