
Oldinroq chiqqan mish-mishlarga qaramasdan Zinedin Zidanning yozda PSJ boshqaruvini qo‘liga olish ehtimoli oshmoqda.
"RMC Sport" xabariga ko‘ra, Qatar amirining shaxsan o‘zi fransiyalik mutaxassis bilan PSJdagi extimoliy faoliyati borasida suhbatlashmoqda.
Dekabr oyida Qatar amiri "Real"ning sobiq ustozi bilan ilk marta suhbat olib borgan, ammo bu taklifga murabbiy rad javobini bergandi. O‘shanda u Fransiya termasi boshqaruvini qo‘liga olishni istayotganini ma’lum qilgandi.
Hozirda Zidanning fikri o‘zgargan. Ayni damda Fransiya termasi yangi murabbiyga muxtoj bo‘lmayotgani sababli PSJ tomonidan tushayotgan taklifni o‘ylab ko‘rishga tayyor turibdi.
Zinedin ZidanningPSJ BoshqaruviQatar AmiriReal UstoziFransiya TermasiMurabbiy Taklifi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar