1 026
Shavkat Mirziyoyev: «Sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda»
Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda umumrespublika sport musobaqalari «tuman—viloyat—respublika» zanjiri asosida tashkil etilishi belgilandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Bundan buyon:
- birlamchi saralash bosqichidan o‘tmagan sportchilar viloyat va respublika bosqichida ishtirok etmaydi;
- milliy terma jamoalarga barcha bosqich musobaqalarida ishtirok etib g‘olib yoki sovrindor bo‘lgan yoshlar saralab olinadi;
- har yili mahalla va muassasalar jamoalari ishtirokida ko‘p bosqichli Hokim kubogi tashkil qilinadi.
Xalqaro tajriba va standartlar asosida sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar o‘tkazish tartibi ishlab chiqiladi.
Prezident sport sohasidagi ilmiy salohiyatning amaldagi holati ham talab darajasida emasligini tanqid qilgan:
«Birorta sport turi bo‘yicha mahalliy olimlar tomonidan na metodika, na dastur ishlab chiqilgan. Sport diyetologiyasi, farmakologiyasi, psixologiyasi, sport muhandisligi, kardiomashg‘ulotlar bo‘yicha bizda umuman mutaxassislar tayyorlanmaydi. Bugungi kunda sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda».
Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport universiteti, respublika malaka oshirish hamda sport ilmiy-tadqiqot institutlarining roli umuman sezilmayotgani qayd etilgan. Shu bois mutasaddilarga:
- olimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni jismoniy va ruhiy tayyorlash, ularni sog‘lom ovqatlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
- kelgusi o‘quv yilidan boshlab Jismoniy tarbiya va sport universitetida sport diyetologiyasi, muhandisligi va kardiomashg‘ulotlar, Tibbiyot akademiyasida sport meditsinasi va farmakologiyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
- yiliga kamida 20 nafar mahalliy trener, sport shifokori va boshqa mutaxassislarni xorijda malaka oshirish tizimini joriy etish;
- Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, uni takomillashtirish bo‘yicha taklif kiritish topshirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda