
“Roma” xo‘jayini Den Fridkin UYEFA Konferensiyalar ligasidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Hissiyotlar juda katta. "Roma" shuncha yillardan so‘ng yana g‘alaba qozonganidan juda xursandman. Shahar, muxlislar, jamoa bunga munosib edi.
Bu "Roma" uchun muhim kun. Bilaman, ushbu g‘alaba bu yerda uzoq vaqtdan beri kutilgan edi. Bu katta o‘yin bo‘ldi va g‘alaba qozongan men emas, balki “Roma”. Shu sababli olqishlar faqat jamoaga bo‘lishi kerak”, - dedi Fridkin.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” Konferensiyalar ligasi finalida Niderlandiyaning “Feyenoord” klubini 1:0 hisobida taslim qildi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar