O‘zbek sport sharhlovchilik maktabi asoschisi, taniqli sport sharhlovchisi Axbor Imomxo‘jayev vafot etdi. Bu haqda PFL direktori, marhumning nabirasi Diyor Imomxo‘jayev ma’lum qildi.
Ustoz 86 yoshda edi. Axbor Imomxo‘jayev 1936 yilning 19 fevralida Toshkentda tavallud topgan.
Otaxon jurnalist futbolga oid bir nechta kitoblarning muallifi. O‘zining o‘ninchi kitobi — «Asr futbolidagi asl qadrdonlarim» kitobini 2019 yilda keng jamoatchilikka taqdim etgan edi.
Axbor Imomxo‘jayev 1996 yilda «Shuhrat» medali, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.
2020 yil fevralida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Kengashi qarori bilan Axbor Imomxo‘jayevga Faxriy professor unvoni berilgan edi. 2020 yilning 8 iyunida esa Axbor Imomxo‘jayev O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon fanlar akademiyasi Prezidiumining qarori bilan akademiyaning haqiqiy a’zosi deb qabul qilinib, ustoz jurnalistga akademik ilmiy unvoni topshirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi