09:08 / 03.06.2022
981

Tailand U-23 termasi bosh murabbiyi: "Ilk daqiqadagi goldan so‘ng, biz boshqa reja bilan harakat qildik"

Tailand U-23 termasi bosh murabbiyi: "Ilk daqiqadagi goldan so‘ng, biz boshqa reja bilan harakat qildik"
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo Kubogining 1-turidan o‘rin olgan Tailand - Vetnam (2:2) uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Tailand U-23 termasi bosh murabbiyi Vorravut Shrimaka qatnashdi va o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida
- Bugun juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Biz birinchi daqiqadayoq gol o‘tkazib yubordik. Ammo oxirgi daqiqada hisobni tenglashtirishga erishdik. Ilk daqiqadagi goldan so‘ng, biz boshqa reja bilan harakat qildik. Shuni ta’kidlash lozimki, Vetnam jamoasi bugun juda kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Yigitlarim ko‘rsatgan bugungi o‘yindan xursandman.

- Birinchi bo‘limda ikkita o‘zgarish qildingiz. Bu futbolda kam uchraydigan holat. Buning sababi nimada edi?
- O‘zgarishning maqsadi markazni kuchaytirish edi. Biz bu orqali markazda paslar bilan o‘ynab, to‘p bilan ko‘proq muomala qilishni rejalashtirdik. Shu bilan birga, ikkinchi bo‘limning boshida katta shturm bilan boshlashni rejalashtirgandik. Aynan shu sabab ham, maydonga Benjamin Devisni tushirdik.

- Bu durangga omad sabab bo‘ldi deb o‘ylaysizmi?
- Unday deb o‘ylamayman. Sababi, bizda bir necha imkoniyatlar bo‘lgandi. Avvalroq gol urishimiz ham mumkin edi. Albatta, bu bizning birinchi o‘yin.

- Keyingi o‘yin Malayziyaga qarshi bo‘ladi. Birinchi o‘yindan so‘ng, bu o‘yinga tayyorlanish osonroq kechadimi?
- Bizda keyingi o‘yinga tayyorlanish uchun ikki kun bor. Endi biroz dam olib yana ishga kirishamiz. Ikki kundan so‘ng esa maydonga tushamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tailand U-23 termasi bosh murabbiyi: "Ilk daqiqadagi goldan so‘ng, biz boshqa reja bilan harakat qildik"