BAAning Abu-Dabi shahrida bir necha kun davom etgan muaytay bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bosh murabbiy Firdavs Nabiyev hamda katta murabbiylar Murod Xalmanov va Javohir Ahmadjonov qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rgan vakillarimiz bor imkoniyatini ishga solgan holda, ajoyib janglarni o‘tkazdi. Ba’zilariga yarim finalda omad yuz o‘girgan bo‘lsa, uch nafar vakilimizga final janglarida biroz tajriba yetishmadi. Biroq, ushbu jahon chempionatida yosh va kuchli terma jamoa shakllanib kelayotganligiga guvoh bo‘ldik.
Shu tariqa muaytaychilarimiz jaxon chempionatini 5 ta bronza hamda 3 ta kumush medal bilan yakunlashdi.
Quyida, sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz bilan tanishishingiz mumkin!
Bronza:
45 kg Yusufjon Yusupov,
51 kg Zubayr Husanov,
54 kg Ibroxim Mamatqulov,
67 kg Karimjon Karimov,
91 kg Akobir Qahramonov.
Kumush:
48 kg Asror Karimov,
60 kg Davlat Shamsiyev,
+91 kg Elshod Tojiboyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi