date
views 1 157

Saudiya Arabistoni qo‘shnilarimizni yirik hisobda tor-mor keltirdi

Saudiya Arabistoni qo‘shnilarimizni yirik hisobda tor-mor keltirdi
U23 Osiyo Kubogi 1-turi doirasidagi so‘nggi o‘yin nihoyasiga yetdi. Unda Saudiya Arabistoni qo‘shnilarimiz Tojikiston ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, birinchi bo‘lim oxirida Al-Yami hisobni ochdi. Ikkinchi 45 daqiqalikda Ayman Yahyo, Haytam Asiri, Moteb Al-Harbi hamda Abdulloh Radif oradagi farqni oshirdi.

Shu tariqa, "sahro lochinlari" turnirdagi ayni paytgacha bo‘lib turgan eng yirik g‘alabaga mualliflik qildi.

Saudiya Arabistoni - Tojikiston 5:0
Gol
: 1:0 — 43, Hamad Turki, 2:0 — 50, Ayman Yahyo, 3:0 — 68, Asiri, 4:0 — 86, Al Harbi, 5:0 — 90+7, Radif.
Saudiya Arabistoni: 1.Navaf Dahi, 6.Ibrohim Manashi, 7.Ayman Yahyo, 8.Hamid Abdulloh, 10.Turki Alammar, 12.Moteb Saad, 13.Hamad Turki, 17.Haitam Muhammad, 18.Meshal Sibyani, 20.Muhammad Marran, 23.Saud Abdulloh.
Tojikiston: 16.Shohrux Qirg‘izboyev, 3.Muhammad Naskov, 5.Shohrux Sangov, 6.Naimjon Ibrohimzoda, 7.Karomatullo Saidov, 10.Islom Zoirov, 13.Amadoni Kamolov, 15.Alisher Barotov, 17.Muhammadali Azizboyev, 18.Daler Yodgorov, 20.Umarjon Sharipov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya Arabistoni qo‘shnilarimizni yirik hisobda tor-mor keltirdi