
Bugun soat 20:00 da Qatar U-23 hamda O‘zbekiston U-23 terma jamoalari o‘rtasida bellashuv bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze bellashuv oldidan qisqacha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Futbolda ochilish o‘yini doim qiyin bo‘lib kelgan. Turkmanistonga qarshi bahs oson o‘tmasligini bilardik. Qatar bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun kam vaqt bo‘ldi. Birinchi o‘yindagi g‘alabadan ko‘nglim to‘ldi, yigitlardan mamnunman.
Qatar Eron bilan durang o‘ynagani ularning jiddiy raqib ekanini anglatadi. Mashg‘ulotlarda vaziyatlardan unumli foydalanish borasida ishlayapmiz.
Biz har qanday jamoaga raqobat tug‘dira olamiz. Biroq buning uchun o‘yin sifatini yaxshilab borishimiz talab etiladi", - dedi mutaxassis.
Qatar U-23O‘zbekiston U-23Temur KapadzeFutbolda QiyinJamoaga RaqobatO‘yinda G‘alaba O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar