“Nasaf” klubi milliy, olimpiya va yoshlar terma jamoalarimizga munosib kadrlarni yetkazib bermoqda. Ayni chog‘da ushbu terma jamoalar safida mazkur klub tarbiyalanuvchilari bisyor. Bunda esa doimgidek bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyevning hissasi ulkan.
Chempionatda ham uning jamoasi hali yutqazgani yo‘q. Lekin qarshiliklar safida futbolchilar kam qoldi. Bosh murabbiy chempionatdagi tanaffusdan qanday foydalanyapti? Shu va boshqa masalalar bo‘yicha Sports.uz muxbiri Berdiyev bilan suhbatlashdi.
- Ro‘ziqul Sa’dullayevich, hozirda ko‘plab o‘yinchilaringiz milliy, olimpiya va yoshlar terma jamoalariga jalb qilingan. Bu albatta yaxshi. Biroq “Nasaf”da shug‘ullanish uchun o‘yinchilaringiz kamligini hisobga olsak, bu vaziyatdan qanday chiqib ketmoqdasiz?
- Bilasizlar, 6 futbolchi milliy terma jamoaga taklif qilindi. 3 tasi esa olimpiya termasiga. Bundan tashqari, Ravshan aka Haydarov boshchilik qilayotgan U-20 terma jamoamizga yana 3 nafar futbolchimiz ham chaqirilgan. Hisoblasak 12 ta o‘yinchimiz terma jamoalar ixtiyoriga ketgan. Hozir bizda darvozabonlar bilan birga 10 nafar o‘yinchi qolgan. O‘rinbosarlar jamoasidan 8-9 nafar yoshlarni mashg‘ulotga jalb qilganmiz. O‘shalar bilan birgalikda tarkibda 20 kishilik futbolchilarni hosil qilib, mashg‘ulotlarni olib boryapmiz. Ushbu vaqtdan foydalanib yosh yigitlarimizning ham imkoniyatlarini chamalab olaman. Bu ham qaysidir ma’noda o‘zim uchun ish jarayonida tekshirib olishga qulay fursat.
Rejamiz bo‘yicha 5 iyun kuni Qarshida Samarqandning “Dinamo” klubi bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazamiz. Keyingi o‘rtoqlik uchrashuvini 14-sanaga rejalashtiryapmiz. Hozircha raqib noma’lum, balki bu o‘yin Toshkentda bo‘lishi ham mumkin. Biz mashg‘ulotlarimizni 30 may kunidan boshlaganmiz.
- Oldingi o‘yinlardan keyingi matbuot anjumanlaridan birida legionerlar haqida to‘xtalib, u qadar ishonchni oqlashmayotgani xususida to‘xtalgandingiz. Bu borada rejangiz qanday yoki yangi legioner olmoqchimisiz?
- Legioner taklif qilishdan oldin jamoamizga yordam berishini juda ham istaymiz. Buning uchun imkoniyatlar ham yaratib beryapmiz. Lekin qaysidir ma’noda legionerlar ishonchimizni oqlamayotganligi uchun, balki o‘zgarishlar bo‘lar, degan ma’noda ikkita tur oldin shu haqida gapirgandim. Hozir izlanishda davom etyapmiz. Agar ma’qul keladigan variantlar bo‘lsa, ko‘rib chiqamiz. Bu o‘zgarish tanaffus paytida bo‘ladi. Albatta, jamoada bir-ikkita o‘zgarishga qo‘l uramiz.
- Katta ehtimol bilan Smaylagichning xizmatidan voz kechasizmi?
- Hozir aniq bir familiya bilan gapirmay turaylik. Lekin o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Agar alohida shaxsni ko‘rsatib gapirsak noto‘g‘ri bo‘ladi. Jamoamizda o‘zgarishlar faqat kuchaytirish maqsadida amalga oshiriladi.
- “Nasaf”da osiyolik legioner limiti uchun joy bor. Ayni paytda Qarshi shahrida U-23 Osiyo chempionatining “V” guruhidan joy olgan Avstraliya, Quvayt, Iordaniya va Iroq termalari o‘z o‘yinlarini o‘tkazmoqdalar. Shunday ekan, ushbu bahslarni kuzatib, o‘zingizga ma’qul keladigan biror-bir futbolchini yon daftarchangizga yozib qo‘yyapsizmi?
- Iroq bilan Iordaniyaning o‘yinini kuzatishga harakat qildim. Albatta, yaxshi, iste’dodli o‘yinchilar bor ekan-u, ammo bizni Superligamiz darajasida va jamoamizga yordam bera oladigan futbolchilar men uchun ko‘rinmadi. Lekin boshqa uchrashuvlarni ham ko‘ramiz. Bunga imkoniyatimiz bor va har bir bahsni kuzatishga harakat qilamiz. Avstraliya termasining ba’zi futbolchilarini ko‘rdim, sezilib turibdiki, ularning o‘yinchilaridagi daraja ham, mavqei ham yuqori. Ayrimlarini o‘rganganimizda ko‘pchiligi Yevropa klublarida faoliyat olib borishini bildik. Lekin Qarshida to‘rtta terma orasida Avstraliyaning ko‘rsatgan o‘yini kuchli hamda salohiyati balandligi sezilib turibdi.
- “Nasaf” hozircha uchta kam o‘yin o‘tkazgan va mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettiryapti. Ayting-chi, o‘tgan yilgi Superliga bilan solishtirganda bu yil ancha og‘ir kechyaptimi yoki...
- Bu yil qiyinchilikka uchrayapmiz. Oxirgi o‘yinlarimizni hisobga olmagan taqdirimizda ham undan avvalga bahslarda yutgan bo‘lsak-da, qiyinchiliklarga uchraganmiz. Har bir o‘yin jidddiy ruhda o‘tyapti. Ko‘ryapsizlar, yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan klublar ko‘paygan. Bundan tashqari, kutilmagan natijalar ham tez-tez uchrab turibdi. Bo‘lajak uchrashuvlarga jiddiy qarayapmiz va e’tiborimizni oshiryapmiz.
- Oybek Bozorov yoki boshqa shogirdlaringizga chetdan rasmiy taklif bo‘ldimi va yozgi transfer vaqtida qaysi pozitsiyani kuchaytirmoqchisiz?
- Jamoamiz o‘yinchilari yuzasidan menga hech kim taklif bildirgani yo‘q. Balki klubga aloqaga chiqishgandir, xabarim yo‘q. Tarkibimizda raqobatni kuchaytiradigan joylari – qanot yarim himoyachilari bilan hujum chizig‘i. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”