
Turkmaniston U-23 hamda Eron U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda qo‘shnilarimiz 2:1 hisobida zafar quchdi. Eron olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mehdi Mahdavikiya bellashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini gapirib o‘tdi.
"Bu mag‘lubiyat uchun boshqalarni ayblashimiz kerak emas. Menimcha, biz o‘yinda o‘zimizni yo‘qotib qo‘ydik. Ayniqsa, ikkinchi taymda bu yaqqol sezildi.
Dastlabki 30 daqiqa yaxshi o‘tdi. Biz gol urgandik. Ammo keyin nazoratni yo‘qotib qo‘ydik va jazolandik.
Ikkinchi bo‘limda gol urish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qildik. Afsuski, bir kishi kam ekanligimiz sabab bu oson bo‘lmadi", - dedi mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar