
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh klub bilan kelasi yili tugaydigan shartnomasini uzaytirmasa ham navbatdagi mavsumni hozirgi jamoasi safida o‘tkazishini ta’kidlagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, misrlik futbolchi bejizga bunday qarorga kelmagan.
Mirror nashri Muhammad Saloh “Liverpul” bilan shartnomasini tugatib, kelasi yili yozda erkin agent maqomini olganidan keyin “Barselona” safiga o‘tishni istayotgani haqida yozmoqda.
Manbaning xabar berishicha, tomonlar o‘zaro hamkorlik bo‘yicha hozirdan kelishib qo‘ygan.
Muhammad Saloh va “Liverpul” o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha so‘nggi muzokara maosh masalasida tomonlar kelishuvga erisha olmagani uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar