
Vetnam U-23 hamda Janubiy Koreya U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xvang Sun-Xong uchrashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu kabi markazlashgan musobaqalarda nazorat qilishingiz kerak bo‘lgan ko‘p narsalar bo‘ladi. Bosh murabbiy sifatida men nazoratni qo‘ldan chiqardim va muhim 2 ochko boy berildi.
Vetnamga omad kulib boqdi, deb o‘ylamayman. Bu futbol va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. 10 futbolchi qolganimizda kerakli choralarni ko‘rishim kerak edi.
Vetnam yangi murabbiy qo‘l ostida yaxshi shakllanmoqda va ajoyib jamoaga aylanib boryapti. Qachondir yana raqib bo‘lib qolsak, super to‘qnashuv bo‘lishiga ishonchim komil", - dedi mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar