12:15 / 07.06.2022
1 378

Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi o‘yin o‘z kuchimizga baho berishga yordam beradi"

Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi o‘yin o‘z kuchimizga baho berishga yordam beradi"
Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi Aleshandre Pyolking Osiyo kubogi saralash bosqichi “C” guruh doirasidagi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ertaga bizni saralash bosqichida muhim uchrashuv kutib turibdi. Biz 3 ochko bilan boshlab olishimiz talab etiladi. Hozirgi kunda barcha jamoalar yaxshi o‘yin ko‘rsata oladi. Shu sababli biz ham o‘z o‘yinimizni namoyish etishimiz kerak. Lekin albatta, bu guruhda O‘zbekiston milliy terma jamoasi favorit hisoblanadi. Biz 2 ta turda 6 ochkoni qo‘lga kiritib, Osiyo kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishimiz lozim. Oxirgi turdagi O‘zbekistonga qarshi o‘yin o‘z kuchimizga baho berishga yordam beradi.

Bundan tashqari, 4 ta futbolchimiz U-23 Osiyo kubogida ishtirok etmoqda. Shu sababli ularning xizmatidan foydalana olmaymiz. Shuningdek, bizda jarohat olganlar ham bor. Yana bir futbolchimiz transfer bilan bog‘liq vaziyat tufayli o‘yinda ishtirok etolmasligi maʼlum bo‘ldi. Lekin ayta olishim mumkin, ayni paytdagi futbolchilarimda Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun yetarlicha potensial mavjud
", - deydi Pyolking.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi o‘yin o‘z kuchimizga baho berishga yordam beradi"