23:06 / 08.06.2022
1 723

Aleksandr Polking: "Bizda odamlar achchiq taom yeyishardi"

Aleksandr Polking: "Bizda odamlar achchiq taom yeyishardi"
Osiyo Kubogi hal qiluvchi saralash bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Tailand — Maldiv orollari uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Aleksandr Polking fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida
- Ilk o‘yinni uch ochko bilan boshlaganimizdan xursandman, chuqur himoyalangan jamoaga qarshi o‘yin o‘tkazish qiyin edi, shunga qaramay, ilk taymda ikkita to‘p kiritishni uddaladik. Endilikda qolgan o‘yinlarga e’tibor qaratishimiz lozim.

- Jamoa tartibli o‘yin namoyish etdi. Biroq Tailanddan yanada yaxshiroq o‘yin kutgandik. Jamoaning asosiy e’tibori O‘zbekiston bilan o‘yinga qaratilganmi?
- Fikringizga qisman qo‘shilaman. To‘g‘ri, biz yanada yaxshiroq o‘ynardik. Raqib chuqur o‘ynagani sababli o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Maldiv bilan O‘zbekiston terma jamaosi o‘rtasidagi tafovutni yaxshi bilamiz. Hozirda O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida o‘ylamayapmiz.

- O‘zbekistondagi tashkilotchilik haqida nima deysiz?
- Bizga ko‘rsatilayotgan xizmatlardan xursandmiz. Ovqat bilan bog‘liq tushunmovchilik haqida xabar chiqqandi. Bizda odamlar ko‘proq achchiq taomlar tanavvul qilishardi. Shunga o‘rganib qolgandik. Hammasi joyida. Shahringiz yaxshi, odamlari mehribon ekan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Polking: "Bizda odamlar achchiq taom yeyishardi"