
Rossiyaning Youtube'dagi “neKARAte” kanali hamyurtimiz Bahodir Jalolov (10-0, 10 KO) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Jalolov kelajagi buyuk bokschi! Buni tasavvur ham qila olmayman. Olimpiada va jahon chempioni, to‘rt karra Osiyo chempionati g‘olibi. Bu yigit ajoyib bokschi, zarbalari aniq. Bir so‘z bilan aytganda, undan qiziqarli janglar kutib qolamiz", – dedi “neKARAte” kanali muallifi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 10 iyun kuni AQSHning Nyu-York shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida belgiyalik Jek Mulovayiga (11-2-1, 7 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, havaskorlar o‘rtasida Jalolov 2020 yili Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida va 2019 yili Yekaterinburgdagi jahon chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar