01:02 / 12.06.2022
1 206

Temur Kapadze Iroq ustidan qozonilgan dramatik g‘alaba haqida nimalar dedi?

Temur Kapadze Iroq ustidan qozonilgan dramatik g‘alaba haqida nimalar dedi?
U23 Osiyo Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Iroq uchrashuvida vakillarimiz penaltilar seriyasida zafar quchdi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "oq bo‘rilar" bosh murabbiyi Temur Kapadze ishtirok etdi:

"Butun o‘zbek xalqini yarim final bilan tabriklayman. Bu nafaqat bizning, balki barchamizning g‘alabamiz edi. Bugun kuchli raqibga qarshi juda qiyiin uchrashuv o‘tkazdik.

Yarim finalda Janubiy Koreya va Yaponiya jamoalaridan biri bilan to‘qnash kelamiz. Menimcha, ularning kuchi teng va bizga qaysi tomon g‘alaba qozonishining ahamiyati yo‘q. Ularni ham mag‘lub etishga harakat qilamiz.

Arab futboliga qarshi harakat qilish oson emas. Doim shogirdlarimga bu haqida aytib kelaman. Qizil kartochka ko‘rsatilgan vaziyatda darvozabon xatoga yo‘l qo‘ydi, buni inkor etmayman. Ushbu vaziyatni o‘rganib chiqamiz.

Muxlislarning bu xatti-harakati, menimcha, kerak emasdi. Ular bizni qo‘llab-quvvatlashi lozim, biroq bu kabi holatlar futbolimizni butun dunyoga salbiy jihatdan ko‘rsatadi.

Abduvohidning yo‘qligi katta yo‘qotish, bu maydon va uning tashqarisida seziladi. Biroq O‘zbekiston OTJ 11 emas, 23 futbolchidan iborat. Jamoamda har bir yigitning o‘z o‘rni bor.

Penalti, qizil kartochka va hisobda ortda qolish - bu o‘ta qiyin holat. Shunga qaramay, men futbolchilarimga to‘liq ishonayotgandim. Agar 11 kishi bo‘lib o‘ynaganimizda bahsni osonroq o‘z foydamizga hal etishimiz mumkin edi. Mayli, meni quvontirgan narsa bu - iroda ko‘rsata olganimiz. Shuningdek, qilingan o‘zgarishlar ham o‘zini oqladi.

To‘g‘risi, chetlatishdan shokka tushib qoldik. So‘ngra, kimni o‘zgartirish haqida biroz bosh qotirdik. Menimcha, qarorimiz yakunda noto‘g‘ri bo‘lib chiqmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Temur Kapadze Iroq ustidan qozonilgan dramatik g‘alaba haqida nimalar dedi?