
Robert Levandovskining “Bavariya”dan ketishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. Polshalik to‘purar o‘ziga mos jamoa topishi kerak.
Asosiy da’vogar sifatida “Barselona” e’tirof etilayotgan bo‘lsa-da, kataloniyaliklar moliyaviy inqiroz tufayli Levandovski transferini amalga oshira olmasligi ehtimoli oshib bormoqda.
Tabiiyki, Levandovski darajasidagi o‘yinchiga boshqa takliflar ham yetarli. Xususan, “Chelsi” bu hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Robertning rafiqasi Anna hujumchining Angliya klublari taklifini qabul qilishiga qarshi chiqmoqda. Levandovski o‘ziga jamoa tanlashda karatechi xotini istagini inobatga olishga majbur bo‘lyapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.