22:55 / 12.06.2022
1 223

Xvan Son Xon: "Mag‘lubiyatni o‘z zimmamga olaman"

Xvan Son Xon: "Mag‘lubiyatni o‘z zimmamga olaman"
Janubiy Koreya U-23 bosh murabbiyi Xvan Son Xon Yaponiya U-23 bilan uchrashuvdan so‘ng (0:3) matbuot anjumanida qatnashdi.

"Men tarkib tanlashda va taktikada xatoga yo‘l qo‘ydim. Mag‘lubiyat uchun aybni o‘z zimmamga olaman. Biz 3 ta to‘p farqi bilan yutqazamiz deb o‘ylamagandik, bunga loyiq emasdik. Bugun bizni stadionda qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat. Ulardan uzr so‘rayman", — dedi koreyaliklar ustozi.

- Jamoangiz ko‘p vaziyatlar yaratdi, biroq gol urolmadi. Nima uchun bunday bo‘ldi?
- Bizga mahorat yetishmadi. O‘yin sifati va imkoniyatlardan unumli foydalanish ustida ishlashimiz kerak.

- Yaponiya haqida nima deya olasiz?
- Yaponiya yaxshi o‘ynadi. Futbolchilarining tezligi lol qoldirdi. Kuchli jamoa ekanligi ko‘rinib turibdi. Bahsga ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgan ekan.

- Hakamlarga nisbatan qandaydir e’tirozingiz bormi?
- Hech qanday e’tiroz yo‘q. Men hakamlar va ular chiqargan qarorni hurmat qilaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xvan Son Xon: "Mag‘lubiyatni o‘z zimmamga olaman"