13:12 / 14.06.2022
1 722

Timur Kapadze: "G‘alaba uchun barcha ishni amalga oshiramiz"

Timur Kapadze: "G‘alaba uchun barcha ishni amalga oshiramiz"
U-23 Osiyo kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Yaponiyaga qarshi uchrashuvdan oldin O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va futbolchi Jasur Jaloliddinov ishtirok etdi.

"Yarim finalda muhim uchrashuv kutmoqda. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rib oldimzga qo‘ygan maqsadimizga erishamiz", - deydi Timur Kapadze.

- Jamoangiz 120 daqiqa o‘ynadi. O‘yinga tiklanish jarayoni qanday ketmoqda?
- Charchoqlar bor. Avvalgi o‘yinda ko‘p kuch sarfladik. Muhimi yutdik. Tiklanish jarayoni davom etmoqda. O‘ylaymanki, o‘yinga optimal holatda kelamiz. Bor kuchimizni ishga solamiz.

- Yaponiya haqida...
- Yaponiya doim kuchli jamoa. Taktik jihatdan shakllangan. Har bir jamoani zaif tomoni bor. Biz o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratamiz. Albatta, ularning kuchsiz tomonlaridan foydalanishga harakat qilamiz.

- Raqibdan qanday o‘yin kutyapsiz? Ertaga terma jamoangiz Yaponiyaga qarshi qanday o‘yin ko‘rsatadi?
- Yaponiyani hamma o‘yinlarini ko‘rib chiqdik. Hujumlarni yaxshi tashkil qilmoqda. Biz kerakli paytda hujum qilamiz, zarur paytda himoyalanamiz. G‘alaba uchun barchasini qilamiz. Shu paytgacha kechgan har bir uchrashuv har hil o‘tgan. Ertaga bizga g‘alaba kerak. Raqibning kuchini ham bilamiz.

- Abduvohid Ne’matovning qizil olishi futbolchilarning ruhiyatiga qanchalik ta’sir qiladi?
- Ne’matov katta yo‘qotish. Yigitlar o‘sha kuni chetlatishdan keyin o‘zini yo‘qotmadi. O‘ylaymanki, bu futbolda bor narsa. Umuman olganda har tomonlama tayyor bo‘lishimiz kerak.

- 90 daqiqada ham hisob ochilmasa, 120 va penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko‘rdimi?
- Albatta tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ruhiyat ham, jismoniy holat ham muhim rol o‘ynaydi. Yigitlarga ishonaman.

- OFK muxlislarning kiritilishi bilan bog‘liq rasmiy xabar bergani yo‘q. Ertaga bu holat qanchalik ta’sir qiladi?
- Muxlislar bilan doim boshqacha bo‘ladi. Ular bizga katta motivatsiya bermoqda. Lekin hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz O‘zbekistondamiz. Shunday ekan maydonga chiqib o‘ynashimiz kerak. Ishqibozlar ekran ortidan bo‘lsa ham, bizni qo‘llab-quvvatlashadi.

"Bu bosqichda ekanligimizdan xursandman. Qiyin o‘yin bo‘ladi. Yarim finalda provakatsiyalar, to‘xtalishlarga bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. 10 kishi bo‘lib qolganimizda tushunib turgandik. Abduvohid uchun o‘ynadik. Oldimizda turgan muxlislar uchun ham xarakter ko‘rsatdik. Finalga chiqishni istaymiz.

To‘g‘ri avvalgi uchrashuvda ko‘p kuch yo‘qotdik. Lekin ertaga kuch topamiz. Iroq bilan bahsda penalti belgilangan vaziyatda ko‘p emotsiyaga berildim. Ularga ruhiyat jihatdan provakatsiyasi uchun javob berib qo‘ydik
", - deydi Jasur Jaloliddinov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "G‘alaba uchun barcha ishni amalga oshiramiz"