1 968
Yaponiya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonlik futbolchilarda tezlik, texnika va jamoaviy o‘yin ajoyib tarzda yo‘lga qo‘yilgan"
Ertaga mamlakatimizda davom etayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining yarim final uchrashuvlariga start beriladi.
Bugun “Bunyodkor” stadionida mazkur bahslar oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Go Oiva va futbolchi Mao Xosoya ishtirok etib, O‘zbekiston U-23 jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Mao Xosoya: - Jamoamning yarim finalga yetib kelganidan juda xursandman. O‘zbekistonga qarshi bahs juda qiyin bo‘ladi. Bu o‘z uyida o‘ynayotgan jiddiy raqib.
Umid qilamanki, biz o‘yinga yaxshi tayyorgalik ko‘ramiz. Final yo‘lida kuchlilarni mag‘lub etish kerak. O‘zbekistonni mag‘lub eta olamiz, deb o‘ylayman. Hujumkor futbol bizning uslubimiz. Men buni o‘zgartirishni istamayman.
Maqsad sifatida biz musobaqa shohsupasiga chiqishni istaymiz. Buning uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz. Raqibimiz yaxshi futbolchilarga ega. Biz ularni hurmat qilamiz. Bizni kuchli raqib kutib turibdi.
Men uchun, muxlislarning O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashi normal darajada. Ortiqcha harakatlar bu faqat hissiyotlarning junbushga kelishi sabab yuzaga keldi.
O‘zbekistonlik futbolchilarda tezlik, texnika va jamoaviy o‘yin ajoyib tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Ularning barcha chizig‘i kuchli. Bitta pozitsiyani ajratib ko‘rsatmagan bo‘lardim.
Mao Xosoya: - Iroqqa qarshi uchrashuvda nimalar bo‘lganini eshitdim. Muxlislar haqida gapirishni to‘g‘ri, deb bilmayman. Faqat bellashuv haqida bosh qotirishimiz kerak, menimcha.
Yuqori saviyadagi jamoalarga qarshi kurash olib bordik. O‘zbekiston bilan o‘yin kutib turibdi. Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya yoki O‘zbekiston orasidan kimnidir ajratib ko‘rsatmagan bo‘lardim. Barcha jamoalar o‘ziga yarasha kuchli. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...