18:22 / 14.06.2022
1 661

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Yaponiyaga qarshi o‘yiniga muxlislar qo‘yiladimi?

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Yaponiyaga qarshi o‘yiniga muxlislar qo‘yiladimi?
Ertaga 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Yaponiya olimpiya terma jamoalari bahsi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston chorak finalda Iroq bilan kuch sinashdi. 12-daqiqada Abduvohid Ne’matov o‘z jarima maydoni ichida to‘pni tezroq sheriklariga yetkazib bermoqchi bo‘lganida raqib futbolchisi unga to‘sqinlik qildi. Uning provakatsiyasiga uchgan posbon tirsagi bilan raqibni urib yubordi. Natijada VARga murojaat qilgan hakam vakilimizni chetlatdi.

Shundan so‘ng stadiondagi muxlislar Iroq vakillari va hakamlarga tosh otishdi. Afsuski, maydonga otilgan jismlar o‘zbekistonlik fotograf va xorijlik videooperatorga shikast yetkazdi.

O‘yin ancha vaqt to‘xtatib turildi. Futbolchilar ishqibozlarni tinchlantirishga urindi. Biroz vaqt o‘tgach uchrashuv davom ettirildi. O‘yindan so‘ng O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ishtirokidagi yarim final bellashuvi muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkinligi borasida xabarlar tarqaldi. Osiyo futbol konfederatsiyasi hali bu haqda rasmiy ma’lumot bermadi.

Bugun yarim finallardan oldin matbuot anjumanlari tashkil etildi. Timur Kapadze va terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov jurnalistlar savollariga javob berib bo‘lgach, maydonning holatini o‘rgandi. Shu payt stadion xodimlari tribunalarni tozalayotgandi. Bu holatdan ertaga muxlislar arenaga qo‘yilishini taxmin / umid qilish mumkin. Balki aksi kuzatilar?! Baribir barchasi OFKning yakuniy qaroriga bog‘liq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Yaponiyaga qarshi o‘yiniga muxlislar qo‘yiladimi?