
Bugun 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida yarim final uchrashuvlari boshlanadi.
Dastlab, 18:00 da start oladigan bahsda Saudiya Arabistoni hamda Avstraliya olimpiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Bellashuv "Paxtakor" stadionida o‘tkaziladi.
Shuningdek, ikkinchi yarim finalchi nomi O‘zbekiston - Yaponiya o‘yini orqali aniqlanadi. Biz uchun o‘ta muhim bahsga "Bunyodkor" arenasi mezbonlik qiladi. Ushbu qarama-qarshilik 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Avvalroq, o‘zbekistonlik muxlislar "kunchiqar yurt vakillari"ga qarshi uchrashuvda futbolchilarimizga yordam bera olmasligi haqida rasmiy xabar berildi. Shu sabab Temur Kapadze shogirdlaridan tom ma’noda qahramonlik kutib qolamiz! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar