
O‘zbekiston U-23 terma jamoamiz Osiyo Kubogi yarim finalida Yaponiyani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Uchrashuvda birinchi gol muallifi bo‘lgan Jasur Jaloliddinov bahs yakunlangach, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bugun gol urib xalqimizga bag‘ishlashni juda ham xohlagandim. Chunki butun O‘zbekiston birlashdi – 35 million aholi. Hammasi bizga omad tiladi va qalban birgaligimizni his qildik. Bu bizga ikki barobar motivatsiya edi. Chunki biz uchun bu juda sinovli o‘yin edi. Shunday bo‘lishiga qaramay, butun jamoa bilan birlashib va qachonki muxlislarimiz bilan birlashsak nimalarga qodirligimizni ko‘rsatib qo‘ydik.
Bu jamoamizdagi barcha o‘yinchilarning birinchi Osiyo chempionati. Finalga chiqish o‘zgacha his-tuyg‘ular... Birinchi uchrashuvda bizda ozgina hayajon bo‘lgandi. Ammo barchasini yengib o‘tdik. O‘ylaymanki, finalda g‘alaba qozonib, chempion ham bo‘lamiz. Chempion bo‘lish – bu fantastika bo‘ladi, - deydi Jaloliddinov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar