Foto: Liz Trass
London Kiyevga hududlarni begonalashtirish uchun bosim o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaydi va Moskva bilan muzokaralarda Ukraina pozitsiyasini mustahkamlashga harakat qiladi, deya ta’kidladi Britaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari Liz Trass.
G‘arb davlatlari Ukrainani Rossiya bilan muzokaralarda qo‘llab-quvvatlashi, Kiyev pozitsiyasini mustahkamlashi kerak. Bu haqda Liz Truss Britaniya parlamentining Jamoalar palatasida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
«Biz hech qachon Ukrainaga o‘z hududidan voz kechish uchun bosim o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaymiz, biz bunga hech qachon rozi bo‘lmaganmiz. G7 («Katta yettilik») va NATO orqali biz Ukrainaning pozitsiyasini mustahkamlash uchun barcha narsani qilyapmiz (muzokaralar stolida). Shuningdek, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polshadagi do‘stlarimiz ham bu jarayonda ishtirok etishiga ishonch hosil qilishimiz kerak», — deydi Trass.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hali «jiddiy muzokaralar» kayfiyatida ekanini «ko‘rsatmadi».
«Ukraina g‘alaba qozonishi mumkin va bu shart» — deya xulosa qiladi britaniyalik vazir. U London mojaro qancha davom etishidan qat’iy nazar, Kiyev oldidagi majburiyatlaridan chetga chiqmasligiga va’da berdi.
Trass ta’kidlashicha, Rossiya tomoni bu mojaroda nafaqat mag‘lub bo‘lishi, balki undan hech qanday foyda ko‘rmasligi, shuningdek Moskva jahon sahnasida yakkalanib qolishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi