Ertaga mamlakatimizda davom etayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogida 3-o‘rin uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Bugun “Bunyodkor” stadionida mazkur bahslar oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Trevor Morgan va futbolchi Joshua Roulins ishtirok etib, Yaponiya U-23 jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Murabbiy: - Biz Yaponiyaga qarshi o‘ynashdan mamnunmiz. Ular hujumkor va chiroyli o‘yin ko‘rsatishadi. Bu kabi jamoalar bilan maydonda kuch sinashish qiziqarli bo‘lib kelgan. Raqibimiz texnik futbol ko‘rsatadi. Ular rivojlangan va rivojlanishda davom etmoqda.
Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Raqibning zaif tomonlariga kamroq e’tibor qaratamiz. Bu oxirgi bahs va unda kuchimizni ko‘rsatishimiz kerak.
Milliy jamoada o‘ynashni istagan futbolchilar mazkur bahsda o‘zini ko‘rsatishi kerak. Keraksiz uchrashuvlar bo‘lmaydi. Har bir bellashuv biz uchun qadrli.
Futbolchi: - Maydonda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Har safar bizning maqsadimiz shunday bo‘ladi. Ba’zida reja amalga oshadi, ba’zida esa... Yarim final tugadi. Endi biz bronza medallari haqida o‘ylashimiz kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi