18:18 / 17.06.2022
1 113

OCHL-2022. "Nasaf" fevral emas, sentabr oyida o‘ynaydimi?

OCHL-2022. "Nasaf" fevral emas, sentabr oyida o‘ynaydimi?
FIFA shu kunlarda 2023 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati BAAda o‘tkazilishini e’lon qiladi. Qaror ancha oldin qabul qilingan edi. Faqat rasmiyatchilik qoldi.

Shunday ekan, 2023 yilning fevralida OFK Chempionlar ligasi o‘yinlari o‘tkazilmaydi. Birinchidan, FIFA uchun OFK klublar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etadigan vakilini aniqlab olishi kerak. Oldingi turnir g‘olibi ("Al Hilol")ning ishtirok etish varianti esa FIFAni qoniqtirmaydi. Hatto, bu FIFAni qoniqtirganda ham, OCHLning g‘arbiy mintaqasidagi o‘yinlar fevralda o‘tkazilmasdi, sababi "Al Hilol" bir vaqtning o‘zida ikkita turnirda ishtirok eta olmaydi. Ikkinchidan, ikkita klublar o‘rtasidagi JCHga bir xil klubni jo‘natish Osiyoning boshqa jamoalariga adolatsizlik bo‘lar edi. Bu ham sport, ham moliyaviy nuqtai nazardan adolatsizlik.

OFK endilikda Chempionlar ligasi musobaqasini yakunlash uchun kalendardan yangi sanalarni qidirmoqda. Jahon chempionatining 18 noyabrda boshlanishi hisobga olinsa, ikkita asosiy variant bor — 2022 yilning sentabr yoki 2023 yilning yanvar oyi. Ammo, ikkinchi variantga BAA va Saudiya Arabistoni vakillari faol tarzda qarshilik qilishmoqda. Ularga Chempionlar ligasi o‘yinlari yanvar oyida Iroqda bo‘lib o‘tadigan Ko‘rfaz Kubogi musobaqasiga to‘g‘ri kelib qolishi mumkinligi yoqmayapti.

Shunday ekan, 2022 yilning sentabr oyi Chempionlar ligasi o‘yinlari uchun eng maqbul vaqtga o‘xshaydi va "Nasaf" aynan shu vaqtga hozirlik ko‘rishi kerak", - deb yozadi Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘z kanalida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL-2022. "Nasaf" fevral emas, sentabr oyida o‘ynaydimi?