Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin. Hujumchiga "Roma" eshiklari ochiq. Bu haqda La Repubblica xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, MYUning yangi bosh murabbiy Erik ten Xag qo‘llamoqchi bo‘lgan uslubga portugaliyalik yulduz to‘g‘ri kelmaydi.
“Manchester Yunayted” kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etmasligini inobatga olsak, hujumchining agenti Xorxe Mendes mijozi uchun yangi klub izlash bilan band.
37 yoshli forvardga "Roma" qiziqish bildirmoqda. Joze Mourino bilan bir yillik hamkorlikdan so‘ng klub vakillari Ronalduning transferi “Roma” brendini rivojlantirishga katta yordam beradi, deb hisoblaydi.
Ronaldu uchun Italiyadagi soliq rejimi muhim rol o‘ynashi mumkin - bu Yevropaning boshqa mamlakatlariga qaraganda ancha yumshoqroq. Mendesning "Roma" bilan mustahkam aloqalari bor, u klubga Joze Mourino, Ruy Patrisiu va Serjiu Oliveyrani olib kelgan. "Roma" klubi sport direktori Tyagu Pintu yaxshi munosabatlarga ega.
Biroq Ronalduning “Roma”ga o‘tishiga to‘siqlar bor. Birinchidan, rimliklar unga “Manchester Yunayted”dagi kabi yiliga 23 million yevro maosh to‘lay olmaydi. "Roma"da allaqachon moliyaviy feyr-pley muammolari bor. Ikkinchidan, «Roma» ham «Manchester Yunayted» kabi keyingi mavsumda Yevropa Ligasida o‘ynaydi. Bu turnir Ronalduni o‘ziga tortmaydi.
Portugaliyalikning faoliyatini davom ettirishning yana bir varianti - Chempionlar ligasida o‘ynaydigan "Sporting"ga qaytish.
O‘tgan mavsumda Ronaldu "Manchester Yunayted" safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta assistni amalga oshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi